So’nggi yangiliklar

17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  0 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   0 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  1 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  22 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  2 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   28 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  5 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3

PFL halol hakamlikni istaydimi, buning echimi bor va yana TVga oid taklif! Yangiliklar

PFL halol hakamlikni istaydimi, buning echimi bor va yana TVga oid taklif!

Teglar :  TVPFLO'FF
Yaqinda Italiya "A" seriyasi o'yin vaqtida hakamlarga ko'mak bo'lish uchun video takrorni yo'lga qo'ydi.

O'yin davomida har qanday shubhali vaziyat bo'lmasin va hakam qaror chiqarishda adashmasin, futbolchi to'xtab unga etiroz bildirmaydi. Malum bir daqiqa o'tgach, o'z-o'zidan xabar keladi va bosh hakam o'yinni to'xtatib yo'l qo'ygan xatosini to'g'rilab ketadi. Gol urilgan bo'lsa bekor qiladi, hisoblanmagan golni inobatga oladi, berilmagan ogohlantirishni ko'rsatib ketadi. Buning foydasi juda ko'p, faqat moddiy tomondan biroz baquvvatroq bo'lish kerak. Lekin futbolimizni rivojlantirishni istar ekanmiz, bu borada pulni ayamasligimiz kerak.

Bizda bor-yo'g'i 16ta jamoa. Eshitishimizcha, 2019 yilga kelib jamoalar soni 12taga kamayadi. Eng avvalo sifatga etibor qaratilishi reja qilingan. 16ta jamoa bo'lgan taqdirda ham, bu 8ta o'yin degani. Menimcha, yangi taqvim tuzadiganlar o'zgaradi. Endi hayit bayramidan tortib, boshqa muhim tadbirlar ham inobatga olinadi. 8ta o'yinni reja asosida 3 kunga bo'lgan holda, 6ta kamerali kichik ko'chma studiyalardan to'rtta yasab olinsa kifoya. Yaqin-yaqin hududlar uchun ishlaydigan bu texnikalar orqali futbol rivojini juda ham tezlatib yuboramiz. 

Oliy liga-2017dan kelib chiqib quyidagi jamoalar orqali taqvim tuzish kerak bo'ladi.

1. "Neftchi", "Qo'qon-1912", "Navbahor".

2. "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Obod", "Olmaliq", "Metallurg".

3.  "So'g'diyona", "Nasaf", "Mashal", "SHo'rtan".

4. "Dinamo", "Buxoro", "Qizilqum". 

Oltita kameradan iborat bitta KTSni bizning futbolga mos holatda yig'ish uchun mashinasi bilan qo'shib hisoblaganda o'rtacha 80 000 AQSH dollariga teng bo'lishi mumkin. Tabiiyki unga 8 oy uchun ishchi-guruh yig'ish kerak bo'ladi. Buning ham yo'li bor, o'sha hududdagi TV bilan hamkorlikda tayyor kadrlardan foydalansa bo'ladi. Yillik xarajat 650-700 ming AQSH dollariga teng bo'lishi mumkin. Texnika jihozlari va xodimlarning maoshlari bilan qo'shib hisoblaganda. Lekin ikki yil ichida Siz va biz buning ulkan mevasini ko'ramiz. 

Har bir sohani rivojlantirish uchun malum miqdordagi mablag'dan voz kechish lozim bo'ladi, bugungi o'zbek futboli ham shunga muhtoj. Menimcha, bu topsa bo'ladigan summa. U qadar qo'rqinchli emas. Har bir o'yinni yuqori saviyada tasmaga tushirish orqali kelishgan holda biron kanalga o'yinni to'g'ridan-to'g'ri olib berish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Balki biror nuqtadan to'g'ridan-to'g'ri efirga chiqish imkoniyati bo'lmas, ammo uni tezkorlik bilan hech bo'lmasa bir soat kech bilan efirga chiqara olamiz. 

Balki summalarda adashayotgandirman, buni hisobchilar bojxona to'lovlaridan kelib chiqib hisoblab chiqishlari lozim. Lekin bu bajarsa bo'ladigan ish. Biz o'yinlarni ko'rsatishdan tashqari, hakamlar ishining adolatli ko'rinish olishini taminlaymiz. Undan tashqari, turli tahliliy ko'rsatuvlar uchun tayyor kadrlarga ega bo'lamiz. Eng muhimi futbol bilan yashay boshlaymiz. Bu eng avvalo selekciya uchun muhim. TVda efir yuzini ko'rmagan taqdirda ham, bugungi zamonda bemalol internet TVni yo'lga qo'yish imkoniyatiga egamiz. TAS-IX bo'lsa bepul. Hattoki PFL bundan daromad qilsa ham bo'ladi. Bugungi kunda internet foydalanuvchilarining soni oshib boryapti. Kelajak baribir internetniki. SHarqiy Osiyo allaqachon TVni unutib boryapti, barcha ko'rsatuvlarni ular internet orqali ko'radilar. 

O'zbekiton oliy ligasini OCHL saviyasida o'tkaza olsakkina muvaffaqiyat qozonishimizga ishonsa bo'ladi. 

O'FF va PFL takliflarni o'rganib chiqishini aytib o'tdi, menimcha yomon taklif bermadik.

Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика