So’nggi yangiliklar

16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  2 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  0 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  17

PFL futzal musobaqalarini yangi bosqichga olib chiqish yo'lida navbatdagi qadamni tashladi Yangiliklar

PFL futzal musobaqalarini yangi bosqichga olib chiqish yo'lida navbatdagi qadamni tashladi

Teglar :  PFL Futzal
O'zbekiston Professional futbol ligasi bir vaqtning o'zida futzal musobaqalarini ham o'tkazib keladi.

Bugunga kunga kelib futzal Oliy ligasi, Birinchi ligasi, futzal bo'yicha mamlakat kubogi va superkubogi, U18 chempionati kabi musobaqalar bevosita Liga tomonidan tashkillashtiriladi. 

2023/24-yilgi mavsumdan boshlab futzalni yanada ommalashtirish uchun Liga navbatdagi qadamni tashladi hamda Havaskorlar futbolini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda ishlashga qaror qildi. Kelishuv asosida mamlakat futzalini to'liq yoritib boradigan alohida rasmiy sayt ishlab chiqilayotgan bo'lib, tez orada u jamoatchilikka taqdim etiladi.

Yangi sayt O'zbekiston futzal chempionati uchrashuvlari, qaydnomalari, statistikalarini o'zida to'liq aks ettiradi. SHuningdek, futzal terma jamoalarining faoliyati ham chetda qolib ketmaydi. Mazkur sayt har bir professional futzalchi haqida to'liq malumot berishi mumkin bo'lgan kontentga aylanib borishi rejalashtirilgan. 

SHuningdek, O'zbekiston kubogi musobaqasi uchun havaskor jamoalarni jalb etish kabi masala ham alohida o'rganib chiqilayotganini qayd etish kerak. So'nggi uch yilda Oliy liga va Birinchi liga ancha tartibga keltirilgan bo'lsa, endilikda quyi bo'g'inlarga ham kirib borish imkoniyatlari ochiladi. 


Malumot uchun, futzalni ommalashtirish yo'lida musobaqalar geografiyasi yildan-yilga kengayib bormoqda. Bugun kelib Liga futzal chempionati uchrashuvlarini nafaqat Toshkent, balki Farg'ona, Olmaliq, Jizzax, Qarshi, Urganch kabi shaharlarida ham tashkil etishni yo'lga qo'ygan. 2023/24-yilgi mavsumdan boshlab yana bir qator shaharlar mazkur ro'yxatga qo'shilishi mumkin. SHuningdek, futzal chempionati o'yinlari YouTube orqali jonli efirga uzatiladi. Ishonamizki, Havaskorlar futbolini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda biz yangi bosqichga qadam qo'yamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика