PFL: Eng yaxshi muxlislar jamoasi taqdirlanadi
03 mar 2018 17:23
Yangiliklar
PFL: Eng yaxshi muxlislar jamoasi taqdirlanadi
Bunga ko'ra, joriy mavsumda yilning eng yaxshi muxlislar jamoasi balli tizim asosida aniqlanib boriladi. G'oliblarni aniqlashda quyidagi mezonlarga etibor beriladi:
1.Har bir turda stadionlarga muxlislarning eng ko'p tashrif buyurishi – 15 ball;
2.O'yin vaqtida stadionda muxlislar intizomi holati – 10 ball;
3.Muxlislarning jamoalarini qo'llab-quvvatlashdan tashqari o'zlarining tashqi ko'rinishi, qo'llab-quvvatlovchi moslamalari – bannerlar, bayroqlar, do'mbira-yu karnay-surnaylar... kabi zarur vositalar bilan taminlanganlik holati - 10 ball.
Mazkur mezonlar asosida har bir turda muxlislar jamoasi belgilangan ballik tizim asosida baholanib boriladi. Yakunda g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanadi, - deb yozadi PFL Rasmiy sayti.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar