So’nggi yangiliklar

09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  1 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  2 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  7 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  3 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  9 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  13 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0

PFL: "Bunyodkor" - "Nasaf" o'yiniga 3869 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Aslidachi? (FOTO) Yangiliklar

PFL: "Bunyodkor" - "Nasaf" o'yiniga 3869 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Aslidachi? (FOTO)

PFL rasmiy saytining malum qilishicha, Oliy liganing 12-tur uchrashuvi "Bunyodkor" - "Nasaf" (0:0) o'yiniga 3869 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.

"Bunyodkor" - "Nasaf" bellashuvini tomosha qilish uchun stadionga 3869 nafar muxlis kelgani haqida uchrashuvning ikkinchi bo'limida stadion suhandoni ham malumot berib o'tgan edi. Keyinchalik bu haqda PFL rasmiy saytining ruscha bo'limi malumot berdi.

Eng qizig'i, stadionga amalda rasmiy qog'ozda ko'rsatilgandan taxminan 3-4 barobar ko'proq tomoshabin kelgani aniq. CHunki stadionning bir qancha sektorlari ishqibozlar bilan to'lib toshgan edi.

Balki bu malumot chiptalar sotuvi orqali aniqlangan bo'lishi mumkin. Yani kassalarda jami 3869 ta chipta sotilgandir? Agarda shunday bo'ladigan bo'lsa, unda tomoshabinlarni qolgan qismi tekinga stadionga kirgan bo'lib chiqadi. Bu qiyin masala! Qiziq?!

Balki bu texnik xatolikdir, kim biladi deysiz. SHunisi aniqki, turning markaziy o'yiniga qaydnomada ko'rsatilgandan ko'proq, taxminan 10 mingdan oshiqroq tomoshabin tashrif buyurdi.

Avvallari oliy liga o'yinlarimizda stadionga kelgan muxlislarni suniy ravishda "ko'paytirish"larini bilardik, lekin suniy tarzda "kamaytirish"larini birinchi bor ko'rib turibmiz.

Quyida uchrashuvga kelgan muxlislarni suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика