So’nggi yangiliklar

10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  0 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  2 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  3 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  1 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  3 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  4 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  10 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  1 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  1 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2

PFL: AGMK klubida qanday mutaxassislar ishlayapti? Yangiliklar

PFL: AGMK klubida qanday mutaxassislar ishlayapti?

Professional futbol ligasi murabbiylar va ularning licenziyasi masalasiga ham jiddiy etibor qaratadi.

PFL rasmiy sayti xabar berishicha, AGMK klubida bo'lgan PFL ishchi guruhi reglamentga zid bo'lgan bazi holatlarga duch keldi. Avvallari licenziyasi bo'lgan murabbiylarga ishlash uchun shartli ravishda ruxsat berilavergan. Endi esa bunday ish ketmaydi.

Jumladan, ayollar futbol klubida faoliyat olib borayotgan Ilhom Hanjariev (A) hamda Davron Rasuljonovning (S) ishlari joyida. Biroq Alina Demyanenko, Nodira Yo'ldosheva hamda Mardona Almatova tayyorlov kurslariga endigina hujjat topshirgan. Ular birinchi navbatda licenziyalash talablarini bajarishi kerak bo'ladi.

Asosiy tarkibda faoliyat olib borayotgan Baxtiyor Ashurmatov (Pro), Zohid Nurmatov (A) va Azam SHerg'oziev (A) masalasiga etiroz yo'q. Baxtiyor Qambaraliev (S) masalasi esa muammoli. Unda kamida B licenziyasi bo'lishi shart. Anton Mayeranovda esa hech qanday licenziya yo'q, u esa ishlashda davom etyapti.

Yoshlar tarkibida Ruslan Gamadeev S licenziyasiga ega. Mazkur mutaxassis B licenziyasiga ega bo'lmagunicha ishlashga haqli emas. Futbol maktabi direktori Suyun Murtazoevda B licenziyasi bor. Ammo unutmaslik kerakki, PFL klublardan o'z akademiyasi bo'lishini talab qiladi. Akademiyaga boshchilik qilish uchun esa mutaxassisda kamida A licenziyasi bo'lishi shart.

AGMK futbol maktabida mehnat qilayotgan Umid Dadaboev, Talat Abibullaev, Zafar Naziraliev, Bobur Saydazov kabilar ham licenziyaga ega emas. Futbol maktabidan iqtidorli futbolchilar etishib chiqishi potenciali qanday degan savolga mazkur holat yaxshi javob bo'lishi mumkin.

Professional futbol ligasi mazkur mutaxassislarni va shu bilan birgalikda AGMK klubini rasman ogohlantiradi. 2019 yilgi mavsum boshlanmay turib yuqoridagi muammolar yuzasidan ish olib borilishi shart. Yo'qsa, AGMK futbol klubining mamlakat Superligasida ishtirok etishi masalasi so'roq ostida qolishi mumkin. Qayd etish kerak, O'FA rahbariyati murabbiylarni o'qitish masalasida bir qator o'zgarishlarni amalga oshirgan. Bu boradagi savollarga tashkilot javob berishga tayyor.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика