PFL: Abramov 3ta o'yinga chetlatildi
21 apr 2014 15:59
Yangiliklar
PFL: Abramov 3ta o'yinga chetlatildi
Bugun tartib-intizom qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda PFL qo'l ostidagi o'yinlarda qizil kartochka olgan futbolchilarga nisbatan quyidagi jazolar qo'llanildi.
OLIY LIGA
“So'g'diyona” himoyachisi Elyor Oripov 3-turdan o'rin olgan “Dinamo” bilan kechgan bahsda raqibiga jarohat etkazish maqsadida atayin tepgani uchun chetlatilgani bois 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
YOSHLAR BIRINCHILIGI
“Qizilqum” himoyachisi Saidjon Hayitov 4-turdagi “Neftchi” bilan o'yinda hakamni kurakda turmaydigan so'zlar bilan so'kkani uchun maydondan chetlatilgandi. U 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
“Lokomotiv” yarim himoyachisi Karen Abramov 4-turdagi “So'g'diyona”ga qarshi bellashuvda to'psiz qolgan raqibini atayin tepgani bois qizil kartochka olgandi. U bu qilig'i uchun 3ta o'yinni o'tkazib yuboradi, shuningdek jarima ham to'laydi.
“Dinamo” murabbiyi Rafael Balasanyan 5-turdan o'rin olgan “Andijon” bilan kechgan o'yinda hakamni so'kkani uchun chetlatilgani bois 2 million so'm jarimaga tortildi va ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
BIRINCHI LIGA
2-turdagi “Qo'qon-1912” bilan kechgan o'yinda muxlislarga nisbatan nomaqbul so'zlar aytgani uchun chetlatilgan “Lokomotiv-BFK” yarim himoyachisi Jahongir Ishoqov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.
2-turda “Istiqlol” bilan kechgan bellashuvda raqib futbolchisi yuziga atayin urgani uchun maydondan haydalgan “Kosonsoy” hujumchisi Abdurazzoq Jo'raev 4ta o'yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
“SHerdor” yarim himoyachisi Turg'un Qobilov 4-turdan o'rin olgan “Spartak” bilan bahsda o'yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun chetlatilgandi. U ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Fikrlar