Peti: "SHarmandalik ortidan sharmandalik. SHu bois kim "Arsenal"ga o'tishni istaydi?"
15 avg 2021 17:27
Yangiliklar
Peti: "SHarmandalik ortidan sharmandalik. SHu bois kim "Arsenal"ga o'tishni istaydi?"
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Emmanuel Peti "kanonirlar"ning APL 1-turi doirasida "Brentford"dan mag'lub bo'lgani haqida gapirdi.
"Sekin-sekin "Arsenal"ga bo'lgan qiziqishlarimni yo'qotib boryapman. SHarmandalik ortidan sharmandalik. Ularning g'alabasi-yu mag'lubiyatga hech qanday hissiyotlarim ham qolmadi. "Arsenal"da klub siyosatini ko'rmayapman.
Bu erda gap pulda emas, harakatda. Kamchiliklar ancha oldin ko'rina boshlagandi. Ayniqsa, himoya dahshat! Biroq klubning faoliyati - masxarabozlik.
Kim bu erga kelishni istaydi? Futbolchilarni bu erga faqatgina pul uchun olib kelish mumkin. Ha, pullar! Katta pullar!
Venger davrida "Arsenal"da sport ruxi, jamoaviy o'yin bor edi. Endi ular klubdan ketgan", - dedi Peti.
Fikrlar