Peti: "Mbappe PSJdan ketmasa, "Oltin to'p" yuta olmaydi"
01 may 2023 13:12
Yangiliklar


Peti: "Mbappe PSJdan ketmasa, "Oltin to'p" yuta olmaydi"
JCH-1998 g'olibi, "Arsenal" va "Barselona" sobiq futbolchisi Emmanuel Peti Kilian Mbappening "Oltin to'p" yutish imkoniyatlariga shubha bilan qaramoqda.
Mbappe bu sovrinni qo'lga kiritish uchun boshqa jamoaga ketishi kerak.
- U francuz futbolida jamiyki rekordlarni yangiladi, ammo CHempionlar Ligasida g'alaba qozonish uchun va dunyoning eng yaxshisi bo'lib, "Oltin to'p"ni olish uchun PSJdan ketishi kerak. "Oltin to'p" uchun Mbappeda etarlicha salohiyat bor, - deya Peti so'zlaridan iqtibos keltiradi "Legal Sportsbook".
Eslatib o'tamiz, Mbappe parijliklar safida 2017 yildan buyon to'p tepadi. Poytaxtga u "Monako"dan ko'chib o'tgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar