Peter SHmeyxel: "Daniya terma jamoasiga 0:3 hisobidagi mag'lubiyat yozilishi mumkin edi"
14 iyu 2021 19:45
Yangiliklar
Peter SHmeyxel: "Daniya terma jamoasiga 0:3 hisobidagi mag'lubiyat yozilishi mumkin edi"
Daniyalik sobiq futbolchi, hozirda terma jamoaning asosiy darvozaboni Kasper SHmeyxelning otasi Piter SHmeyxel Daniya - Finlyandiya uchrashuvidagi Kristian Eriksen bilan bog'liq holat haqida gapirdi.
"Men UEFAning rasmiy saytidan iqtibosini o'qidim, ular o'yinni futbolchilarning talablari bilan davom ettirishga qaror qilishdi. Bilaman, bu to'g'ri emas. Ularga uchta variant taklif qilindi. Birinchisi, uchrashuvni darhol tugatish. Ikkinchisi, ertasi kuni soat 12:00 da o'yinni yakunlash. Uchinchi variant esa 0:3 hisobidagi mag'lubiyat. SHunday ekan, futbolchilarda tanlov imkoniyati bor-yo'qligini o'zingiz o'ylab ko'ring. Men unday o'ylamayman", — deydi SHmeyxel.
Fikrlar