So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  1 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  3 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  3 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Petar Denchev: "Men bilan bunday intervyu qilishmagan" Yangiliklar

Petar Denchev: "Men bilan bunday intervyu qilishmagan"

Kecha saytimizda "Navbahor" klubi posboni Petar Denchev bilan bo'lgan suhbatni chop etgandik.
SHundan so'ng, darvozabonning o'zi bilan bilan bog'lanib o'z fikrlarini bildirdi. Darvozabonning yozganlarini o'zbekchada keltiramiz:


Barchaga Assalomu alaykum. Men bilan chiqqan intervyu umuman haqiqatga to'g'ri kelmaydi, men hech kimga bunday intervyu bermaganman.

Men "Navbahor"ni va uning muxlislarini qattiq hurmat qilaman. O'zbekiston oliy ligasining saviyasi yuqori, bu erdagi sharoitlar ajoyib o'zimni bu erda uydagidek his qilayapman. Bu erda Rivaldo o'ynagan, Skolari murabbiylik qilgan.

Men bilan bo'lgan sohta intervyuga ishonmanglar, kimdir hazillashgan ko'rinadi. Bu mening qarashlarimni, hissiyotimni va fikrlarimni umuman ko'rsatmagan.

Bor etiborim navbatdagi o'yinga qaratilgan, hech nima meni yo'ldan qaytara olmaydi.

gazeta.bg sayti umuman mavjud emas... lochinlar.asia va championat.asia saytlari "mening gaplarimni" qaerdan olishganini bilmayman. Juda afsusdaman. Rahmat.

Petar DENCHEV


Bundan tashqari darvozabon saytimizda ro'yxatdan o'tishga va o'z fikrini qoldirishga qaror qilgan:

PetarDenchev: O'z faoliyatimda ilk bor saytda ro'yxatdan o'tib komment qoldirishga majbur bo'ldim. Ammo men o'zga davlatda yashayapman va bunday maqolalar mening ancha yillar davomida sof saqlab kelgan nomimga dog' tushuradi.  Barchaga baht va omad tilayman.

Aniqlashimizcha ushbu profil aynan darvozabonning o'ziga tegishli ekan.


Aslida kechagi intervyuni championat.asia lochinlar.asia saytidan olgandi. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham Petar Denchevdan uzr so'raymiz. Uning kim bilan gaplashgani borasida lochinlar.asia sayti malumot berishi mumkin deb o'ylaymiz.


P.S. Aslida gazeta.bg sayti mavjud ekan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика