Shundan so'ng, darvozabonning o'zi bilan bilan bog'lanib o'z fikrlarini bildirdi. Darvozabonning yozganlarini o'zbekchada keltiramiz:
Barchaga Assalomu alaykum. Men bilan chiqqan intervyu umuman haqiqatga to'g'ri kelmaydi, men hech kimga bunday intervyu bermaganman.
Men "Navbahor"ni va uning muxlislarini qattiq hurmat qilaman. O'zbekiston oliy ligasining saviyasi yuqori, bu erdagi sharoitlar ajoyib o'zimni bu erda uydagidek his qilayapman. Bu erda Rivaldo o'ynagan, Skolari murabbiylik qilgan.
Men bilan bo'lgan sohta intervyuga ishonmanglar, kimdir hazillashgan ko'rinadi. Bu mening qarashlarimni, hissiyotimni va fikrlarimni umuman ko'rsatmagan.
Bor e'tiborim navbatdagi o'yinga qaratilgan, hech nima meni yo'ldan qaytara olmaydi.
gazeta.bg sayti umuman mavjud emas... lochinlar.asia va championat.asia saytlari "mening gaplarimni" qayerdan olishganini bilmayman. Juda afsusdaman. Rahmat.
Petar DENCHEV
Bundan tashqari darvozabon saytimizda ro'yxatdan o'tishga va o'z fikrini qoldirishga qaror qilgan:
PetarDenchev: O'z faoliyatimda ilk bor saytda ro'yxatdan o'tib komment qoldirishga majbur bo'ldim. Ammo men o'zga davlatda yashayapman va bunday maqolalar mening ancha yillar davomida sof saqlab kelgan nomimga dog' tushuradi. Barchaga baht va omad tilayman.
Aniqlashimizcha ushbu profil aynan darvozabonning o'ziga tegishli ekan.
Aslida kechagi intervyuni championat.asia lochinlar.asia saytidan olgandi. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham Petar Denchevdan uzr so'raymiz. Uning kim bilan gaplashgani borasida lochinlar.asia sayti ma'lumot berishi mumkin deb o'ylaymiz.
P.S. Aslida gazeta.bg sayti mavjud ekan.