PES2019 yuzi kim bo'lishi aniq. U Ronaldu yoki Messi emas (+FOTO)
10 may 2018 16:54
Yangiliklar


PES2019 yuzi kim bo'lishi aniq. U Ronaldu yoki Messi emas (+FOTO)
Konami Digital Entertainment kompaniyasi Pro Evolution Soccer futbol simulyatorining yangi qismi haqida elon qildi.
O'yin shu yilning 30 avgust kuni PlayStation 4, Xbox One va kompyuter platformalarida sotuvga chiqadi.
O'yinning yuzi Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi emas, balki braziliyalik Filippe Koutino bo'ladi. Maxsus son muqovasida esa angliyalik afsonaviy futbolchi Devid Bekxem surati tushiriladi.
PES2019 o'yinida harakatlar mexanikasi algoritmi yangilangan bo'ladi. To'p fizikasi, futbolchilarning charchashi va sifatlari, darvoza to'ri qimirlashi hayotdagiga yaqinroq qilib yaratilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar