“Persepolis” guruh g'olibi, “Nasaf”ga bitta g'alaba yetmadi

16 apr 2018, 22:19
Hozirgina “Nasaf” joylashgan kvartetda guruh bosqichiga yakun yasaldi.

Xabar berganimizdek, bir necha daqiqa avval Qarshining “Nasaf” klubi hech narsani hal qilmaydigan o'yinda BAAning “Al Vasla” jamoasini mag'lub (2:1) etgan edi. 

Ikkinchi uchrashuvda esa guruh g'olibi nomi ma'lum bo'ldi. Unda Eronning “Persepolis” klubi o'z maydonida Xavi boshchiligidagi Qatarning “Al Sadd” jamoasini 1:0 hisobida engdi. 

Shu tariqa, “Persepolis” 13 ochko bilan guruh g'olibi sifatida pley-offga yo'l oldi. “Al Sadd” esa 12 ochko bilan ikkinchi yo'llanmaga ega bo'ldi. O'n ochko to'plagan “Nasaf” uchinchi o'rin bilan kifoyalandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia