"Persepolis" avval Suyunov va Nesterovga qiziqqan
20 jan 2016 00:36
Yangiliklar
"Persepolis" avval Suyunov va Nesterovga qiziqqan
"Perspolis" vakillari Aleksandr Lobanovni o'z saflariga qo'shib olishlaridan avval "Nasaf" kiperi Eldorbek Suyunovga qiziqish bildirishgan. Lekin Suyunov u vaqtda "Nasaf" bilan shartnomasini uzaytirib bo'lgani sababli, bu taklifni ko'rib chiqmagan. Keyinchalik eronliklar "Lokomotiv" darvozaboni Ignatiy Nesterovning xizmatlaridan foydalanishga harakat qilishdi. Biroq Nesterovni ham "Lokomotiv" qo'yvorishni istamagan.
Keyinchalik "Persepolis" klubi vakillari "Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanovga taklif bilan chiqishgan. Aleksandr Lobanov esa bu taklifni qabul qildi va 6 oylik shartnomaga imzo chekdi. O'zbekiston terma jamoasi kiperi Aleksandr Lobanovning o'yini eronliklarga maqul keladigan bo'lsa, bitim yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar