Perotti: "Napoli" - A Seriyadagi eng yaxshi jamoa, "Yuventus" menga kuchsizroq bo'lib ko'rinmoqda"
04 dek 2017 19:41
Yangiliklar
Perotti: "Napoli" - A Seriyadagi eng yaxshi jamoa, "Yuventus" menga kuchsizroq bo'lib ko'rinmoqda"
"Roma" yarim himoyachisi Diego Perotti jamoada Luchano Spaletti qolganida klubdan ketishi mumkinligi haqida aytib berdi.
"Men CHempionlar ligasida o'ynayman, "Roma" esa skudetto uchun kurashmoqda. Agar Spaletti qolganida, men ketgan bo'lardim.
A Seriyadagi raqiblar haqida gapiradigan bo'lsam, bugungi kunda eng yaxshi jamoa "Napoli". Ulardan to'pni olib qo'yish qiyin. "Barselona"ga qarshi o'ynaganimda shuni his qilgandim.
Agar "Yuventus" haqida gapiradigan bo'lsam, ular o'tgan mavsumdagiga o'xshamayapti. Jamoa kuchsizroqdek ko'rinmoqda. Biroq "Yuventus" ligadagi eng muhimlardan biri bo'lib qolmoqda" - deydi Perotti.
Eslatib o'tamiz, A Seriyaning so'nggi turida "Napoli" o'z maydonida "Yuventus"ga mag'lub bo'ldi (0:1).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar