Peres Zidandan "Real"ning so'nggi natijalarini tushuntirib berishni so'radi
01 okt 2016 10:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/222793_original.jpg)
![](/upload/storage/222793_220.jpg)
Peres Zidandan "Real"ning so'nggi natijalarini tushuntirib berishni so'radi
"Real" prezidenti Florentino Peres jamoaning Ispaniya chempionati va CHempionlar ligasidagi so'nggi natijalaridan havotirda.
Primeroning 5-turida "qaymoqranglilar" "Vilyarreal"ni mag'lub eta olishmadi (1:1). CHempionatning 6-tur uchrashuvida ular "Las-Palmas" bilan durang o'ynashdi (2:2). CHempionlar ligasida "Real" Dortmundning "Borussiya" klubi mehmoni bo'ldi va bu bahsda ham jamoalar 2 tadan gol urishdi. Bundan so'ng Peres Zidanga qo'ng'iroq qilib, tushuntirish talab qilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar