Peres: "Real" agressiv muxlislarga nisbatan sabrli bo'lmaydi"
12 dek 2014 11:18
Yangiliklar


Peres: "Real" agressiv muxlislarga nisbatan sabrli bo'lmaydi"
"Real" prezidenti Florentino Peresning takidlashicha, uning klubi agressiv ruhdagi va beodob muxlislar bilan qattiq kurash olib boradi.
"Futbol - insonlar uchun xazina va bayram bo'lishi kerak. Biz hammamiz futboldagi irqchilik, zo'ravonliklarga javobgarmiz. Bunday ishqibozlarga nisbatan "Real" sabrli bo'lmaydi" - deydi Peres.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Real" "Barselona" va hujumchi Lionel Messini haqorat qilgan 17 muxlis abonementini bekor qildi.

Fikrlar