Peres: "Messining ketishida mening tasirim bo'lmagan"
11 avg 2021 19:11
Yangiliklar
Peres: "Messining ketishida mening tasirim bo'lmagan"
Madrid klubi prezidenti Lopesning bayonotiga javob qaytardi.
Florentino Peres Lionel Messining "Barselona"dan ketishiga uning tasiri borligini takidlagan Xuanme Lopesning bayonotiga javob qaytardi.
Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisining so'zlariga ko'ra, Peres Kilian Mbappeni "Real"ga olib kelish uchun shunday ish qilgan.
"Men Messining ketishiga yoki "Barselona"ning boshqa qaroriga hech qanday tasir o'tkaza olmayman. SHunday ekan, umid qilamanki, Xuanme Lopez bu yolg'on gaplaridan tezda bosh kechadi", — dedi Peres o'z bayonotida.
Fikrlar