Peres Azar bilan emas, Eriksen bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan
18 jan 2020 18:30
Yangiliklar
Peres Azar bilan emas, Eriksen bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan
Florentino o'z jamoasida daniyalik o'yinchini ko'rmoqchi edi.
"Real" prezidenti Florentino Peres "qaymoqranglilar" tarkibini Kristian Eriksen bilan kuchaytirmoqchi edi.
Bitim o'tgan yozda amalga oshirilishi ko'zda tutilgandi, yakunda jamoaga "CHelsi" sobiq o'yinchisi Eden Azar o'tgan edi.
Xabar qilinishicha, Peres Eriksen uchun 90 million evro taklif qilgan. Ammo, bu narx "Tottenxem"ni qoniqtirmagan.
Hozir esa Eriksen uchun Milanning "Inter" klubi bosh davogar bo'lib turibdi.
Fikrlar