Per Mertezaker: "Arsenal" Dortmundda yaxshi natija qayd etishga intiladi"
05 noy 2013 18:40
Yangiliklar


Per Mertezaker: "Arsenal" Dortmundda yaxshi natija qayd etishga intiladi"
"Arsenal" himoyachisi Per Mertezaker "Borussiya"dan o'z maydonida qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng, mehmonda ko'ngilli natijani qo'lga kiritishdan umidvor.
"Borussiya"ga qarshi o'yinash qiyin. Ayniqsa mehmonda. Ammo biz o'z kuchimizga ishonishimiz kerak. Hozirgi vaqtda yuqori darajada to'p suryapmiz, Angliyada turnir jalvalini boshqarib boryapmiz. SHuning uchun Dortmundda ham yaxshi natijani qo'lga kiritishga intilish kerak. Albatta, CHempionlar Ligasida hammasi boshqa turnirlardagidek emas. Germaniyada bizni nimalar kutib turganini oldindan aytish qiyin. Ikki yil oldin biz bu jamoa bilan o'ynagandik va o'shanda ko'pchilik 1:1 himobidagi duringdan qoniqish hosil qilgandi", deya himoyachi so'zlarini ITV keltirmoqda.

Fikrlar