So’nggi yangiliklar

08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2

Pepsi tuhfasi – “Arena Ximki”ga safar Yangiliklar

Pepsi tuhfasi – “Arena Ximki”ga safar

Hayotda nimalar bo'lmaydi deysiz? Omad yoningizda yuradi, deb bejizga aytishmas ekan.

Ochig'i, Evropa chempionlar ligasining kuchli jamoalari o'rtasidagi o'yinni bevosita stadiondan turib tomosha qilish xayolimga ham kelmagandi.

Umuman, kunlarning birida Urganch shahridagi “To'maris–Nur” gipermarketiga xarid uchun kirdim. Uning foyesida ikkita yigit “Pepsi” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “UEFA chempionlar ligasiga chiptalar yuting” akciyasi o'ynalayotganini, buning uchun bor yo'g'i uch dona 1,5 litr sig'imli “Pepsi” ichimligi sotib olib, uning chekini ularga topshirishimni, buning evaziga raqamlangan chipta taqdim etishlarini va belgilangan muddatda Evropa chempionlar ligasi uchrashuvlariga yutuq sifatida yo'llanmalar o'ynalishi haqida malumot berishdi.


O'zim futbolga qiziqmaymanmi, darhol tegishli salqin ichimlikni sotib olib, chekini ularga berdim. O'z navbatida yigitlar mening ism-familiyamni, yoshim va telefon raqamimni so'rab, chiptaning bir tomonini to'ldirishdi, ikkinchi qismini menga berishdi. Oradan bir haftadan oshiq vaqt o'tdi. Bir kuni telefonimga  SMS xabari keldi. Unda 14 noyabr kuni soat 14:15 da “Sport” telekanalida jonli efirda to'g'ridan-to'g'ri UEFA chempionlar ligasiga 50 ta yo'llanma o'ynalishi yozilgandi. SHu kunni intiqib kutdim. Nihoyat, ko'rsatuv boshlandi. Mazkur akciya asosan, Farg'ona, Samarqand, Buxoro, Urganch, Namangan va Andijon shaharlarida o'tkazilgan ekan. Taniqli hakamimiz Ravshan Ermatov va iqtidorli futbolchimiz Jamshid Iskandarovlar birin-ketin omadli yo'llanma egalarini aniqlab berishdi. Natijada, 36 nafar hamyurtimiz Sankt-Peterburg shahrida  bo'lib o'tgan “Zenit”– “Valensiya” uchrashuviga, 8 nafari Borisov shahrida “BATE” – “Bayer” o'yiniga, 6 nafari esa CSKA – “Volfsburg” jamoalari o'rtasida kechgan juda ahamiyatli bahsni bevosita stadionda tomosha qilish imkoniyatini ega bo'lishdi. Jumladan, menga 25 noyabr kuni Moskva viloyatining Ximki shahridagi “Arena Ximki” stadionida o'tkazilgan Rossiyaning CSKA va Germaniyaning “Volfsburg” jamoalari bellashuvini ko'rish nasib etdi.



Etiborlisi shundaki, tashkilotchilar akciya  g'oliblarini Toshkentdan belgilangan shaharlarga samolyotda borib-kelishini, bir kunlik mehmonxona xarajatini to'lab berishdi. O'yinga ham bepul chipta taqdim etishdi.

Albatta, bunday imkoniyatga ega bo'lganimdan juda xursandman. Umrimda ilk bor Evropaning nomdor jamoalari o'rtasidagi o'yinni stadiondan kuzatib, rosa zavqlandim. Bunday yutuq boshqa hamyurtlarimga ham nasib etishini tilab qolaman.

Ikrom  XUDOYBERGANOV, Urganch.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика