Pepe: "Evropadagi faoliyatim 5 evro bilan boshlangan"
17 jan 2021 15:15
Yangiliklar


Pepe: "Evropadagi faoliyatim 5 evro bilan boshlangan"
"Portu" himoyachisi Pepe 18 yoshida Braziliyadan Evropaga ko'chib o'tganidagi qiyinchiliklari haqida gapirdi.
"Bu erga kelganimda hozirgi 5 evrolik pulim bo'lgan holos. Bunga men telefon kartochkasini sotib olib, onamga barchasi joyida ekanligini aytganman.
Onamni xavotirga qo'ymaslik uchun och qoldim. Reysim kechasi soat 11da edi. Aeroport xodimidan eb olish uchun nimadir bormi, deb so'radim. Yonimda pulim yo'qligini aytdim. U menga qaradi-da, patnisda bir qancha eguliklar olib keldi. O'sha kundan buyon men ham odamlarga yordam berish haqida o'ylayman. O'sha kun menga juda qattiq tasir qilgan va hayotimni o'zgartirib yuborgan", - dedi Pepe.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar