Pep Gvardiola: "Zinchenko formada, u yaxshi mashg'ulot o'tkazdi"
23 avg 2019 21:50
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Zinchenko formada, u yaxshi mashg'ulot o'tkazdi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bornmut" bilan o'yin oldidan bir nechta futbolchilarning holati borasida aytib o'tdi.
"Bu dam olish kunida Stouns o'ynamaydi. Qachon safga qaytishini kuzatamiz. Zinchenko borasida nima deyish mumkin? U yaxshi formada. Mashg'ulotlarda yomon qatnashmadi. SHunchaki uning oyoq tomiri tortishib qoldi. Kanselu debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkin. U tayyor. O'ylaymanki, undan nima istayotganimizni tushunib turibdi. U bilan suhbatlashamiz. Joau videotahlil va mashg'ulotlar davomida nima xohlayotganimizni tushunmoqda", - deydi Gvardiola.
"Manchester Siti" 25 avgust kuni "Bornmut" mehmoni bo'ladi.
Fikrlar