Pep Gvardiola: "Lautaro Martines – ajoyib futbolchi"
18 sen 2024 14:08
Yangiliklar


Pep Gvardiola: "Lautaro Martines – ajoyib futbolchi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Inter" hujumchisi Lautaro Martines haqida gapirdi.
"U "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin. Albatta, bu sovrinni "shaharliklar"dan kimdir olishini istardim, lekin Lautaro Martines – ajoyib futbolchi. Agar siz "Inter" sardori bo'lsangiz, Argentina terma jamoasida o'ynasangiz, Jahon va Amerika Kubogi g'olibi bo'lgan bo'lsangiz, demak, o'zgacha o'yinchisiz", – dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Oltin to'p" uchun 30 nafar nomzod ro'yxati elon qilingandi. "Inter" sardori va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines ham davogarlar qatorida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar