Pep Gvardiola: "Bizda 9 ochko bo'lishi kerak edi, lekin hammasi joyida"
25 avg 2019 21:25
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Bizda 9 ochko bo'lishi kerak edi, lekin hammasi joyida"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 3-turida jamoasi bilan "Bornmut" safaridan 3 ochko bilan qaytadigan bo'ldi.
O'yinda 1:3 hisobi qayd etildi. Mazkur to'qnashuvdan so'ng matbuot anjumanida ispaniyalik sovrindor mutaxassis jamoasining o'yini va boshqa fikrlari bilan bo'lishdi.
"Bugun ko'p imkoniyatlar yaratmadik. Ammo, Sterling hali ham gol urmoqda va bu biz uchun yaxshi. (Rahim Sterling APLda 5 ta gol urdi). David Silva qoyilmaqom o'yin ko'rsatdi. SHunday bahslarda raqib chuqur himoyalangan va deyarli bo'sh zonalar qoldirmaganda uning mahorati bizga qo'l kelmoqda. U men ko'rganlarim orasida eng yaxshi futbolchilardan biri.
Og'ir o'yin o'tkazdik. SHunday bo'lishini oldindan bilardik. Hozir hisobimizda 7 ochko bor. Lekin, bu raqam 9 bo'lishi lozim edi. SHunga qaramay, bizda hammasi joyida", - deya takidladi Gvardiola.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar