So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  109 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  3 20:50Суперлига. "Динамо" – "Насаф" 2:1 (матнли трансляция)  54 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  2 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  8 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  22 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  7 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  1

Pep Gvardiola: “Biz maydonda ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, UEFA bizga o'ynash imkonini beradi” Yangiliklar

Pep Gvardiola: “Biz maydonda ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, UEFA bizga o'ynash imkonini beradi”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 35-turi doirasida “Brayton” (5:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bugun men hamma narsadan roziman: natija ham, o'yin ham kutganimdek o'ldi. Ayni paytda biz yaxshi saviyada o'yin ko'rsatayapmiz va APLning qolgan bellashuvlari hamda ECHL bahslarini shunday kayfiyatda o'tkazishga tayyormiz. 

“Sautgempton”dan uchralgan mag'lubiyatni unutdik va yaxshi o'yin namoyish etdik. Bazida futbol tushunarsiz hazil qiladi. O'shanda biz shunchaki gol urolmagandik. Biz gol urish uchun ko'plab vaziyatlarni yaratamiz. Bugun shu imkoniyatlardan samarali foydalandik.

Sterling o'yindan o'yinga ochilib borayapti. Uning vaziyatlari, zarbalari yanada yaxshilanayapti, sababi mashg'ulotlarda chin dildan harakat qilayapti. U mavsum oxirigacha bizda to'p tepishi bizning foydamizga xizmat qiladi.

Jezus ham kurashchanligini namoyish etmoqda. U gol urishiga qadar ham juda faol edi maydonda. U bugun nafaqat gol urdi, balki yana ko'plab xavfli vaziyatlarni yarata oldi. 

Biz CHempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdik va oldimizdagi minimum vazifani bajardik. Bu futbolchilar 6-7 yildan buyon shunday natijaga erishimoqda. Biz maydonda kurashib, shunday yo'llanmaga ega chiqdik. Umid qilamanki, dushanba kuni UEFA keyingi mavsum CHLda ishtirok etishimizga imkoniyat yaratadi”, dedi Gvardiola.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика