So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  57 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

Penaltilar statistikasi: "Navbahor" eng ko'p jabrlandi, "Paxtakor" darvozasiga birorta jarima belgilanmagan Yangiliklar

Penaltilar statistikasi: "Navbahor" eng ko'p jabrlandi, "Paxtakor" darvozasiga birorta jarima belgilanmagan

Coca-Cola Superliga 5-turining dastlabki o'yini atrofidagi qizg'in muhokamalar davom etmoqda.

Aniqrog'i, Firdavs Norsafarov tomonidan "Navbahor" darvozasiga belgilangan penalti namanganliklarning keskin noroziligiga sabab bo'ldi...

SHu o'rinda O'zbekiston chempionatining joriy mavsumidagi penaltilar statistikasini etiboringizga havola qilishga qaror qildik.

Referilar ortda qolgan 29 o'yinda jami 16 marta 11 metrlik nuqtaga ishora qilishgan. 16 penaltidan 13 tasi golga aylantirilgan (Azim Ahmedov, Stanislav Andreev va Islom Toshpo'latov 1 tadan imkoniyatni yo'qqa chiqarishgan). 

Eng ko'p penalti belgilangan o'yin 2-tur doirasidagi "Lokomotiv" 1:2 "Navbahor" bahsi bo'lib, Zokir Qodir 3 marta 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan edi.

Eng ko'p penalti tepgan jamoa Namanganning "Navbahor" klubi bo'lib turibdi. Lochinlar shu paytgacha 3 marta 11 metrlik imkoniyatdan foydalanishga ulgurishdi. Penalti tepish bo'yicha statistika:

 "Navbahor" 3
 "Surxon" 2
 "Paxtakor" 2
 "Lokomotiv" 2
 "So'g'diyona" 1
 "Qo'qon-1912" 1
 "Qizilqum" 1
 "Bunyodkor" 1
 AGMK 1
 "Andijon" 1
 "Metallurg" 1


Malumot uchun, quyidagi jamoalar hozircha biror marta ham penalti tepmagan: "Nasaf", "Mashal" va "Turon".

Penaltilardan eng ko'p jabrlangan ham aynan Namangan jamoasi bo'lib turibdi. "Navbahor" darvozasiga jami 3 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilangan. Bu boradagi statistika shunday:

 "Navbahor" 3
 "Lokomotiv" 2
 "Turon" 2
 "Andijon" 2
 "So'g'diyona" 2
 AGMK 1
 "Surxon" 1
 "Nasaf" 1
 "Bunyodkor" 1
 "Mashal" 1


Malumot uchun, quyidagi jamoalar darvozasiga hozircha penalti belgilanmagan: "Paxtakor", "Metallurg", "Qo'qon-1912" va "Qizilqum".

Penalti bor edi! (F.R. blogi)

Faxriddin Ro'ziev tayyorladi




Muallif :
Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика