So’nggi yangiliklar

01:15ЕЧЛ. Параллел давом этаётган барча учрашувларнинг онлайн натижалари битта саҳифада  11 01:10ЕЧЛ. "Барселона" – "Копенгаген". Каталонияликлар тезкор гол ўтказишди (онлайн ҳисоб)  9 01:00ЕЧЛ. "Бенфика" – "Реал Мадрид" (онлайн ҳисоб)  8 00:59ФИФА 2025 йилда трансфер учун энг кўп пул ишлатган клублар номини маълум қилди  2 00:38Лукас Пакетанинг "Фламенго"га ўтиши расман тасдиқланди. Футболчи унга қўйилган нотўғри айбловлар оқибатида ватанига қайтишга қарор қилди  0 23:41"Динамо" назорат учрашувида "Акрон"га кичик ҳисобда мағлуб бўлди  2 23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртиш"ни мағлубиятга учратди  8 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  3 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  5 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  20 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  39

Penalti bor edi! – O'zbekiston Superkubogidagi hakamlik haqida Yangiliklar

Penalti bor edi! – O'zbekiston Superkubogidagi hakamlik haqida

2021 yilgi O'zbekiston Superkubogi “Paxtakor”ga nasib qildi. “SHerlar” Samarqandda o'tkazilgan uchrashuvda “Nasaf”dan ustun kelishdi.

Uchrashuvdan keyin qarshilik muxlislar o'yindagi hakamlik to'g'risida nolishmoqda. “Nasaf” ishqibozlarining asosiy etirozi o'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan 4-daqiqa yakunlanayotganida ro'y bergan epizod bilan bog'liq.

O'sha vaziyatda “Nasaf” hujumchisi Husayn Norchaev raqib jarima maydoniga kirib bordi va Anzur Ismoilovni ortda qoldirish jarayonida maydonga quladi. Bellashuvni boshqarayotgan Vadim Agishev esa 19 yoshli futbolchining o'rnidan turishi kerakligini ko'rsatdi. Fanatlar fikriga ko'ra, o'sha vaziyatda 11 metrlik jarima zarbasini belgilamagan referi “Paxtakor”ning foydasiga qaror chiqargan emish.


“Dunyo bo'ylab” telekanali orqali efirga uzatilgan traslyaciyada tomoshabinda shunday taassurot paydo bo'lishi mumkin. CHunki tasvir faqat 1 tomondan ko'rsatildi (va juda xira edi). Quyida esa “Championat.asia” xodimi tomonidan tasvirga olingan lavhani tomosha qiling.


Guvohi bo'lganingizdek, maydon sirpanchiq edi. Husaynning oyog'i ortga qayrilish jarayonida sirpanib ketdi va yiqildi. Bundan tashqari, yosh hujumchi yiqilishni haddan ortiq istaganini ham ko'rsatib qo'ydi. CHo'chib ketgan Anzur ham o'zini maydonga otdi. Aslida “sherlar” himoyachisining qo'li “ajdarlar” forvardiga deyarli tegmagan edi.

(Yuqoridagi suratga etibor qarating. Bunday tarzda yiqilish uchun Norchaevning oyog'iga “kontakt” bo'lishi kerak edi)

Xullas, ushbu epizodda Vadim Agishev to'g'ri qaror chiqardi. (Uning o'rnida bo'lganimda hatto Norchaevning harakatlarini “simulyaciya” sifatida baholab, sariq kartochka ham ko'rsatar edim)

Ammo “o'yinda penalti qo'yilishi kerak edi” – degan muxlislarning fikrida ham biroz jon bor. Haqiqatan ham bor edi, ammo boshqa vaziyatda, boshqa jamoa darvozasiga.

O'yinning 72-daqiqasi o'tib borayotgan pallada Hojiakbar Alijonov to'pni jarima maydonchasi ichidagi Dragan CHeranga yuqorilatib oshirdi. Serbiyalik xavbek esa to'pni o'ziga bo'ysundirish jarayonida kichik texnik xatoga yo'l qo'ydi. Vaziyatga “Nasaf” himoyachisi Jo'rabek Mannonov aralashib, to'pni jarima maydonidan olib chiqdi. Quyidagi lavhaga etibor qaratsangiz, Jo'rabek qo'li yordamida to'pni o'ziga to'g'rilab olgani ko'rinyapti. Bu 100% penalti!


(Ammo takidlash kerakki, yuqoridagi tasvir juda ham sifatsiz. Agar futbolni rivojlantirishni, yuqoridagi singari bahsli holatlarni kamaytirishni istasak, translyaciya sifatiga ham imkon qadar ko'proq etibor qaratishimiz lozim)

Xullas, qarshilik ishqibozlarning penalti borasida Agishev manziliga yo'llayotgan noroziliklari butunlay assosiz deb hisoblayman. Aksincha, ular referiga tashakkur aytilari kerak...

Darvoqe, 10 mart kuni o'tkaziladigan “Nasaf” – “Paxtakor” o'yinida VAR tizimidan foydalanilar ekan. Umid qilamizki, Qarshidagi uchrashuvdan keyin bu kabi bahs-munozaralarga o'rin qolmaydi.

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика