Pellegrinining fikricha "Manchester Siti" YCHLda muvaffaqiyasizlikka uchramaydi

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2015, 20:50
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini hali jamoasi YCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonadi.

"Yevropada sharmanda bo'lyapmiz deb o'ylamayman. So'nggi ikki mavsumda pley-offga chiqdik va dunyoning eng kuchli jamoasi - "Barselona"ga yutqazib qo'ydik. Bu orada "Bavariya"ni ikki marotaba mag'lub etdik.
O'tgan yili qiyin guruhga tushib so'nggi ikki o'yinda g'alaba qozona olgandik. Qiyin vaziyatlardan qay tarzda chiqib keta olish yo'llarini bilamiz. Hozircha faqat bir marotaba yutqazdik. Endi keyingi 5 ta o'yinda guruhdan chiqish masalasini hal qila olamiz deb o'ylayman", - deydi chililik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru