Pellegrini "Roma" bilan yangi shartnoma imzolaydi
17 sen 2021 10:58
Yangiliklar
Pellegrini "Roma" bilan yangi shartnoma imzolaydi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Konferenciyalar Ligasi guruh bosqich 1-tur doirasidagi Sofiyaning CSKA jamoasiga qarshi o'yindan so'ng yarim himoyachi Lorenco Pellegrini yangi shartnoma imzolashini elon qildi.
25 yoshli jamoa sardorining klub bilan tuzgan amaldagi bitimi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi 2017 yildan beri "Roma"da o'ynaydi. U bundan tashqari klub tarbiyalanuvchisidir.
9 sentyabrda xabar berilishicha, Pellegrini "Roma" bilan yiliga 3 million evrolik yangi shartnoma imzolaydi. Bundan tashqari, klub futbolchini 30 mln evroga xarid qilish huquqini shartnomadan olib tashlaydi.
Fikrlar