Pellegrini: "Eng kuchli tarkib bizda"
09 avg 2013 14:19
Yangiliklar


Pellegrini: "Eng kuchli tarkib bizda"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Premer-ligada ayni vaqtda eng kuchli tarkib aynan unda ekanini aytib o'tdi.
Yoz avvalida "Siti"ga bosh murabbiy etib tayinlangan Pellegrini transfer mavsumi davomida bir guruh mashxur futbolchilarni jamoaga qo'shib oldi.
CHililik o'z jamoasi tarkibini Fernandino, Xesus Navas, Alvaro Negredo va Stevan Yovetichlar bilan jami 90 million funt evaziga kuchaytirib oldi.
"Biz o'zi shundoq ham kuchli tarkibga ega edik va yana to'rtta juda kuchli futbolchilarni sotib oldik. Ular jamoani kuchaytirishlariga ishonaman.
"Umid qilamanki chempionatning birichi turi "Nyukasl"ga qarshi o'yinda g'alaba bilan boshlaymiz va uyog'iga yana bir bor chempionlik sovrinini qo'lga kiritishga harakat qilamiz", dedi Pellegrini.
Fikrlar