Pellegrini: "Biz yaxshi o'ynadik. Ammo faqatgina bir marta gol urdik"
30 mar 2014 01:36
Yangiliklar


Pellegrini: "Biz yaxshi o'ynadik. Ammo faqatgina bir marta gol urdik"
"Manchester Siti" ustozi Manuel Pellegrini "Arsenal" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Biz birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik. Ammo darvozaga faqatgina bir marotaba gol ura oldik. Ikkinchi bo'limda "Arsenal" hisobni tenglashtirdi va ruhan ustunlikka ega bo'ldi. Sababi, ular o'z maydonida to'p surishayotgandi. Bu natijadan so'ng, ranjishni ham, xursand bo'lishni ham bilmayman. Bu oyda biz "Yunayted" va "Arsenal" mehmoni bo'ldik va 4 ochko ishlab oldik.

Fikrlar