Pellegrini: "Aguero "Oltin to'p" uchun kurashishi kerak"
11 okt 2014 12:02
Yangiliklar


Pellegrini: "Aguero "Oltin to'p" uchun kurashishi kerak"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Munuel Pellegrinining fikricha, jamoa hujumchisi Serxio Aguero "Oltin to'p" sovrini uchun kurashishi kerak.
Futbolchi bu mavsumda etti o'yinda beshta gol urdi.
"Aguero - jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Hozir u haqiqatdan ham zo'rligini isbotlashi va "Oltin to'p" uchun kurashishi kerak. CHunki u kerakli xususiyatlarga ega.
Xar o'yinda yaxshi formada bo'lish kerak. Siz mavsumda turli hil qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin, lekin uch yoki to'rt jarohat yaxshi mashg'ulot o'tkazishga imkon bermaydi. Albatta, bu futbolchi uchun qiyin. Ammo bu muammolar o'tgan mavsumda bo'lgan. Hozir esa Serxioda sog'ligi bilan hech qanday kamchiliklar yo'q" - deydi futbolchi.

Fikrlar