Pele: "Real"ga o'tishga yaqin edim, ammo "Santos"da qolganimdan afsuslanmayman"
Aslanov Jasurbek
22 apr 2016, 10:10
"Santos" sobiq hujumchisi Pelening so'zlariga ko'ra, o'z vaqtida unga "Real" qiziqish bildirgan.
"Real"ga o'tishga yaqin edim, ammo "Santos"da qolganimdan afsuslanmayman. Hozirgi "Barselona" so'nggi 15 yillikning eng yaxshi klubi bo'ldi. Avval gollandiyaliklar xuddi shunday eng yaxshi o'yin ko'rsatuvchi jamoa edi" - deydi Pele.