

Qayd etilishicha, “Chelsi” futbolchisi Pedro yozda Ispaniyaga qaytishni xohlamoqda. Futbolchi mavsum so'ngida erkin agentga aylanadi. Pedroga asosiy da'vogar sifatida “Valensiya” qaralmoqda. Futbolchining o'zi “Barselona”ga qaytishga qarshi bo'lmasdi, biroq uni Kataloniyada kutishmayotganligini bilib tushunib turibdi. Da'vogarlar orasida “Sevilya” va “Betis” ham bor.
Pedro 5 yil ichida “Chelsi” bilan APLda chempion bo'ldi, Angliya Kubogi va Yevropa Ligasida g'olib chiqdi.



