Pedro: “Totenhem” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin ajoyib hislarni tuyayapman”
28 fev 2019 20:45
Yangiliklar


Pedro: “Totenhem” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin ajoyib hislarni tuyayapman”
“CHelsi” hujumchisi Pedro Rodriges APL 28-turida “Tottenhem” ustidan (2:0) qozonilgan g'alabaga izoh berdi.
“Bizga bu 3 ochko va g'alaba judayam zarur edi. Biz muxlislar qarshisidan to'p tepishimiz bilan birga o'zimizga bo'lgan ishonchni ham his qilishimiz lozim edi. Biz uchun judayam omadli kun bo'ldi. Biz “Manchester Siti” va “Tottenhem”ga qarshi og'ir uchrashuvda maydonga chiqdik. Har ikkala o'yinda ham o'z ananamizga mos ravishda o'yin ko'rsatdik, so'nggi uchrashuvda kerakli natijaga erishdik. Endi biz bu g'alaba bilan faxrlansak arziydi va ajoyib tuyg'ular og'ushidamiz”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda London klubi matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar