Pedro "Roma"dan "Lacio"ga tekinga ketadi, u maoshi pasayishiga ham rozi
19 avg 2021 09:29
Yangiliklar
Pedro "Roma"dan "Lacio"ga tekinga ketadi, u maoshi pasayishiga ham rozi
"Roma" yarim himoyachisi Pedro jamoadan ketadi.
Ispaniyalik futbolchi "Lacio" bilan shaxsiy kelishuvga erishgan, u yangi jamoasida maoshi pasayishiga ham rozi.
Transfer tekinga amalga oshiriladi, faqat Pedroning yangi jamoasidagi o'yinlaridan kelib chiqqan holda "Roma"ga bonuslar tegishi mumkin.
U o'tgan mavsumda A Seriyada 27 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.
Fikrlar