Pedro faoliyatini boshqa bir London klubida davom ettirishi mumkin
27 dek 2019 17:00
Yangiliklar


Pedro faoliyatini boshqa bir London klubida davom ettirishi mumkin
"CHelsi"ning 32 yoshli vingeri Pedro Rodriges kelajagi haqida fikr bildirdi.
Pedro yana "Barselona" libosini kiyishini tan oldi, ammo faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlarni ham istisno qilmadi.
"Agar "Barselona" chaqirsa, men hamma narsadan voz kechishga tayyorman. Jiddiy aytsam, kelajakda nima bo'lishini bilmayman. "Vest Xem"? Hamma narsa bo'lishi mumkin.
Yana o'ynashni va futboldan zavq olishni xohlayman", - deydi Pedro.
Eslatib o'tamiz, tajribali futbolchining "CHelsi" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozda o'z yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar