Pedro: "Blatterning Krishtianu Ronalduga qarata aytgan gapi ahmoqona"
18 noy 2013 16:40
Yangiliklar


Pedro: "Blatterning Krishtianu Ronalduga qarata aytgan gapi ahmoqona"
"Barselona" hujumchisi Pedro "Real" vakili Krishtianu Ronalduni yonini oldi.
Ispaniyalik futbolchining aytishicha 77 yoshli funkcioner Ronaldu borasida bunday gaplarni aytmasligi kerak edi.
Blatter shunday degandi: "Ulardan biri sochiga qarashga ko'proq vaqtni sarflaydi, ammo qaysi biri kuchli ekanini ayta olmayman".
– Blatterning aytgan gaplari ahmoqona, – deydi Pedro Marca nashriga. – Boshqa odamlarga xurmat bilan munosabatda bo'lish kerak. Tushunaman uning o'ziga yoqqan futbolchilar bor, ammo omma oldida boshqa odam haqida bunday deyish noto'g'ri.

Fikrlar