So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  25 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Paxtakorning sobiq futbolchilari Oraxovac va Simich hozir qaerda? Yangiliklar

Paxtakorning sobiq futbolchilari Oraxovac va Simich hozir qaerda?

Bir paytlar muxlislarning diqqat markazida bo'lgan, ammo so'nggi paytlarda katta sahnadan biroz chekingan futbol kishilari haqida malumot beruvchi ruknimiz davom etadi.

Ajoyib o'yinlari bilan muxlislar qalbidan o'rin olgan Boyan Miladinovich 2015 yilda "Paxtakor"ni tark etdi. "SHerlar" rahbariyati serbiyalik futbolchining o'rnini to'ldirish ustida uzoq bosh qotirishdi va CHernogoriyadan munosib variant topishdi. Bu - yosh, bo'ydor va jismonan baquvvat Adnan Oraxovac edi. 

Adnan ishonchni oqladi. Klubdagi ilk mavsumidayoq mamlakat chempionligini qo'lga kiritilishida munosib hissa qo'shdi. "SHerlar"ning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi. "Paxtakor"da 2,5 yil o'ynab, jamoa uchun Oliy Ligada 66 o'yin o'tkazdi va 6 bor raqib darvozabonlarini ranjitdi. 2017 yilda klubda katta o'zgarishlar yuz bergani bois ko'plab futbolchilar qatori jamoa bilan xayrlashishga qaror qildi va ikkinchi davrani "Dinamo"da o'tkazdi. Biroq, Samarqand klubi mavsum oxirida quyi ligaga tushib ketgach, O'zbekistonni tark etdi.

1991 yilda tug'ilgan futbolchi ayni paytda Tailandning "Prachuap" klubi sharafini himoya qilyapti. Malumot uchun, Oraxovac Tay Liganing yakuniga etgan mavsumida 19 o'yinda ishtirok etdi. Uning jamoasi yakunda 16 jamoa orasidan 10-o'rinni egalladi.

2017 yilning yozida "SFI Management Group" "Paxtakor" homiysiga aylandi va inqirozdagi jamoani kuchaytirish ishlari boshlab yuborildi. Oraxovac ham ayni shu paytda klubdan ketgan edi. SHota Arveladze uning o'rnini boshqa bir chernogoriyalik himoyachi bilan to'ldirdi. Gap "sherlar" tarkibiga "Rostov"dan erkin agent sifatida kelib qo'shilgan Marko Simich haqida boryapti. 

Gruziyalik mutaxassis unga katta umid bog'lagan edi. Sardorlik bog'ichining Markoga topshirilishi so'zimizning isboti bo'lsa kerak. Simich esa 2,5 yil davomida klub uchun 53 o'yin o'tkazib, 7 ta golga mualliflik qildi.

2020 yilning yanvarida Toshkent klubi qarorgohini tark etgan himoyachi yozgacha erkin agent maqomida yurdi va iyun oyida Latviyaning "Liepaya" klubi bilan shartnoma imzoladi. Marko Simich ayni paytda ham mazkur jamoa sharafini himoya qilyapti. U Latviya chempionatining joriy mavsumida 11 o'yinda maydonga tushishga ulgargan. Simich "Liepaya" jamoasi sardori ekanini ham alohida takidlash lozim.

JCH-2014 finalining qahramoni hozir qaerda?

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика