So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  8 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

"Paxtakor"ning raqibi "Al Sadd" haqida Yangiliklar

"Paxtakor"ning raqibi "Al Sadd" haqida

“Paxtakor” CHempionlar Ligasi 3-turida “Al Sadd”ga qarshi uchrashuv o'tkazadi.

“Al Sadd” sport klubi 1969 yil 21 oktyabrda tashkil etilgan. Futbol jamoasi uy o'yinlarini “Jassim Bin Hamad” stadionida o'tkazadi. Stadion 12 946 ishqibozga mo'ljallangan.

Yutuqlari: 14 karra Qatar chempioni, 16 marta Qatar Amiri Kubogi sohibi, 6 karra Valiahd SHahzoda Kubogi sohibi, 14 bor Qatar Superkubogi egasi, 2 marta CHempionlar Ligasi g'olibi (1989, 2011).

O'tgan haftada Doxa jamoasi o'z tarixida 14-bor Qatar chempionligini qo'lga kiritdi. Jahon futbolidagi eng mashhur yarim himoyachilardan biri Xavi “Sadd” bilan futbolchilik faoliyatidagi 33-sovrinini qo'lga kiritdi.

Jamoaga 2015 yildan buyon portugaliyalik murabbiy Jezualdu Ferreyra ustozlik qilmoqda. U “Benfika”, “Portu”, “Sporting”, “Braga”, “Boavishta”, “Malaga”, “Panatinaikos” va “Zamalek” kabi mashhur jamoalarga boshchilik qilgan. Portugaliya, Misr va Qatar chempionatlarida jamoalari bilan g'alaba qozongan.

Raqibimiz Qatarning eng nomdor klubi bo'lib, mamlakatning rekord darajadagi sovrindori hisoblanadi. Jami 54 sovrinlarga ega chiqqan. 2011 yili klublar o'rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini ham qo'lga kiritgan.

“Sadd” joriy mavsum Qatar chempionatida 21 uchrashuvda 94 gol urishga erishdi. Bag'dod Buneyja 39, Akram Afif esa 24 gol muallifi bo'lgan.

Jamoa tarkibi Osiyodagi eng kuchlilardan biri hisoblanadi. Xavi futbolchilik faoliyatini uch yildan beri “Sadd”da davom ettirib kelmoqda. SHu bilan birga u murabbiylik uchun boshlang'ich qadamlarni ham aynan Qatarda tashlayotgani malum qilingan. Uning “Barselona”dagi o'yinlarini hech kim unutmagan bo'lsa kerak. Ispaniyalik yana bir futbolchi Gabi nomi ham muxlislarga yaxshi tanish. U “Xetafe”, “Saragosa” va “Atletiko”da to'p tepgan.

Jazoirlik hujumchi Bag'dod Buneyja “Al Sadd” tarkibida jami 84 o'yinda 108 gol muallifi bo'lishga ulgurdi. Yana bir legioner koreyalik Jun Vu Yong sanaladi. Qatar terma jamoasi safida “Sadd”ning 9 nafar futbolchisi Osiyo Kubogida g'olib chiqqanini takidlab o'tamiz.

Darvozabonlar

1. Saad Al SHib

22. Meshaal Barsham

30. Jehad Muhammad

Himoyachilar

2. Pedro Migel

3. Abdulkarim Hassan

12. Hamid Ismoil

15. Tariq Salman

16. Bualim Xuxi

27. Meshal Ibrohim

34. Hatem Kamol

52. Hussayn Bahzad

66. Yossir Abubakar

83. Yusuf Abdulloh

95. Ibrohim Muhammadi

Yarim himoyachilar

4. Ahmad Sayyar

5. Jun Vu Yong (Janubiy Koreya)

6. Xavi (Ispaniya)

8. Ali Asadilla

10. Hassan Al Xaydos

14. Gabi (Ispaniya)

20. Salim Al Hajri

55. Xolid Muborak

65. Bahaa Ellezi

87. Saud Nasr

Hujumchilar

11. Bag'dod Buneyja (Jazoir)

17. Hassan Ahmad

78. Akram Afif

96. Jassim SHammari

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика