"Paxtakor"ning BAA klublari bilan o'yinlari statistikasi
16 fev 2019 10:25
Yangiliklar


"Paxtakor"ning BAA klublari bilan o'yinlari statistikasi
16 bellashuvning 10tasida "SHerlar" g'alaba qozonib, 3tadan o'yinda durang va raqiblar muvaffaqiyati kuzatilgan. 26 to'p kiritgan jamoamiz o'z darvozasidan 14 gol o'tkazib yuborgan. Safardagi 8 bahsda ham "Paxtakor" ijobiy ko'rsatkichlar qayd etgan: 5 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat. To'plar nisbati esa 10ga 6ni tashkil qiladi. Jamoamiz BAA klublariga qarshi to'qnashuvlarda o'ziga xos ijobiy tajribaga ega deb aytish mumkin.
"Nasr" bilan jamoamiz hozirgacha o'ynamagan. BAA klublaridan "Ahli", "Vahda", "Ayn", "Baniyas", "SHabab" va "Jazira"ga qarshi uchrashuvlar bo'lib o'tgan.
"Nasr" esa O'zbekiston jamoalaridan birgina "Lokomotiv" bilan to'qnash kelgan. 3 bellashuvning birida dubayliklar zafar quchishgan, 2 bor durang qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar