So’nggi yangiliklar

21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  0 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  7 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  4 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1

"Paxtakor"dan keyin "Qo'qon". Kumikovdan yana sensaciya ko'ramizmi? Yangiliklar

"Paxtakor"dan keyin "Qo'qon". Kumikovdan yana sensaciya ko'ramizmi?

"Andijon" Superliganing 19-turida "Paxtakor"ni mag'lub qilishi mavsumning eng kutilmagan natijalaridan biri bo'ldi.

Andijonda "kesakdan olov chiqdi" 

Autsayderlar hududida (12-o'rin) borayotgan Kumikov shogirdlari endi har bir ochko uchun tish-tirnog'i bilan kurashishi aniq. Amaldagi chempion ustidan qozonilgan g'alaba ularning kayfiyatini ko'targani aniq. Biroq, navbatdagi raqib ham anoyilardan emas — Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" (9-o'rin). Nega bunday deyilayotganini material oxirida bilib olasiz. Hozir esa o'zaro uchrashuvlar tarixiga nazar solamiz.

28-uchrashuv

Ertaga o'tkaziladigan o'yin jamoalar o'rtasida O'zbekiston chempionatlari doirasidagi 28-si bo'ladi. Bu boradagi kichik ustunlik "Qo'qon-1912" tomonida. 27 o'yinning 9 tasida "Andijon"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 11 o'yin qo'qonliklarning foydasiga hal bo'lgan (7 durang). Ammo to'plar nisbati hozircha andijonliklar ustunligini ko'rsatib turibdi — 44:40 (+4).

Eng yirik g'alaba

Jamoalarning so'nggi yillardagi o'yinlarida 3 tadan oshiq gol urilmayapti. Ammo XX asr oxirida barchasi boshqacha edi. "Andijon" va "Qo'qon" o'rtasidagi to'qnashuvlar har doim gollar shousiga aylangan. "SHunqorlar"ning eng katta g'alabasi 1999 yilgi mavsumning 11-turida qayd etilgan (5:1). "Andijon" esa 1 yil avval "Qo'qon-1912" darvozasiga javobsiz 6 ta gol urib, eng yaxshi natijasini o'rnatgan edi. Mazkur klublar o'rtasidagi o'yinlarda 2 bor 8 tadan gol urilgan va har gal "burgutlar" zafar quchishgan.

2000 yilgi mavsumning 33-turi, "Andijon" 6:2 "Qo'qon-1912"

2002 yilgi mavsumning 28-turi, "Andijon" 5:3 "Qo'qon-1912"

Oxirgi o'yin

Superliga joriy mavsumining 7-turida "Qo'qon-1912" "Bobur Arena"da mehmon bo'lgandi. O'shanda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarining g'alabasi qayd etilgan (1:2). Mo'minjon Meliev va Muhammadanas Hasanovning gollariga "Andijon" safida Martin Boake javob qaytargandi.

"Andijon"dan g'alabasiz seriya

Yuqorida Qo'qon jamoasining "burgutlar"ga noqulay raqib ekani haqida gapirdik. SHu tufayli Viktor Kumikov shogirdlarining ehtimoliy g'alabasi aniq sensaciya sifatida qabul qilinadi. Aniqroq tushunishingiz uchun aytamiz, "Andijon" 18 yildan beri "shunqorlar"ni mag'lubiyatga uchrata olmayapti. Bu orada o'tkazilgan 9 o'yinning 6 tasida "Qo'qon-1912" 3 ochkolik bo'lgan, 3 ta durang.

ANDIJON - QO'QON-1912 - 1:0 (0:0)

05.08.2003. 16-tur. Andijon. "Navro'z" o'yingohi. 8000 tomoshabin. 

Bosh hakam: D. Roman - 6

Gol:

1:0 - Baxtiyor Hamidullaev, 74

Golga aylanmagan penalti:

Jadigerov Asqar (ANDIJON), 63

ANDIJON: Beloshapka Boris; SHaripov SHerzod; Zaxarov Andrey; Pulatov Maruf; Jadigerov Asqar (Qurbonboev Rustam, 73); Azizov Afzal; Gafarov Seyran; Hamidullaev Baxtiyor; Baqoev Ulug'bek (Polatov Alisher, 81); Xazigaliev Ilnur; Asqaraliev Sanjar (Kotelnikov Vadim, 73)

QO'QON-1912: Zaxareckiy Sergey; Ayzatulov Timur; Namozov Baxtiyor; Jonaliev Axdam; Nizometdinov Muxsin; Raximov Ibroxim (Mansurov Mamur, 85); Raxmonqulov SHuxrat; Azimov Baxrom; Abduvaliev Muxiddin (Hasanov No'mon, 53); Yusupov  SHuxrat; Inog'omov Rahmat (Maxmudov Xayrullo, 53)

Ogohlantirishlar: Azimov Baxrom, 14; SHaripov SHerzod, 31; Namozov Baxtiyor, 41; Jonaliev Axdam, 63; Xasanov Numon, 63; Baqoev Ulug'bek, 77; Maxmudov Xayrullo, 83; Hamidullaev Baxtiyor, 85

Xullas, 9 o'yindan beri "Qo'qon"ni yutolmayotgan "Andijon" kelasi yilni ham Superligada boshlashni istasa, ertaga 3 ochko olishi zarur. Nima deb o'ylaysiz, Kumikov Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadigan "jangda" Ashurmatovdan ustun kela oladimi?

Qo’qon-1912

Ivan Yosovich - 90'

Superliga. 20-tur

25/09/2021, 16:00

1
:
1
Tugadi

Andijon

Vasiliy Sovpel - 55'

45'
90'
45'  Asadbek Sobirzhonov
60'  Shohnazar Norbekov (Hamidullo Abduhamidov)
60'  Muhammadanas Hasanov (Sardor Azimov)
67'  Iqbol Malikzhonov (YAkuba Bamba)
74'  Slavko Lukich (Andrey Sidorov)
74'  Asadbek Sobirzhonov (Suhrob Berdiyev)
90'  Ivan Yosovich
14'  Sardor Xursandov
55'  Vasiliy Sovpel
55'  Usmonali Ismonaliev
58'  Plamen Dimov
84'  Azamat Isroilov (SHerzod G'ulomzhonov)
84'  Farhod Sohibjonov (Vladislav Vasilev)
88'  Usmonali Ismonaliev
90'  Usmonali Ismonaliev (Ibrohim Otaxonov)

Norchaevning kumiri kim? Uning gollari otasini xursand qilmadimi?

Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика