"Paxtakor"dan hech bir jabhada qolishganimiz yo'q, oldimda faqat tepish tanlovi qolgandi" - "Neftchi"ning kechagi oqshomdagi qahramoni
06 avg 2023 16:10
Yangiliklar
"Paxtakor"dan hech bir jabhada qolishganimiz yo'q, oldimda faqat tepish tanlovi qolgandi" - "Neftchi"ning kechagi oqshomdagi qahramoni
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi kecha Superliga 15-turida Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda Diyor Turopov tomonidan urilgan yagona gol "Neftchi"ga g'alaba keltirdi. Ushbu bellashuvdan so'ng kechagi oqshomning bosh qahramonining fikrlarini tingladik.
"Paxtakor"dan hech bir jabhada qolishganimiz yo'q. Ikki murabbiy ham taktikaga ko'proq etibor qaratdi. Qaysidir manoda masuliyatli o'yin edi. O'ylashimcha, o'yin bitta golgacha edi. Amalda ham shunday bo'ldi.
"Navbahor"ning durang o'ynaganiga emas "Paxtakor"ni yutishga etibor qaratdik. O'z o'yinimizni o'yladik. Haqli 3 ochkoga ega chiqdik, deya olaman.
Gol urgan vaziyatimda tepish uchun qulay fursat bor edi. Oldinda o'yinchilarimiz kamligi uchun faqat zarba berish tanlovi qolgandi",- deydi Diyor Turopov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
Fikrlar