Qrimda o'ynagan o'zbekistonlik hujumchi "Paxtakor" safida ko'rikdan o'tmoqda
30 iyu 2021 17:29
Yangiliklar


Qrimda o'ynagan o'zbekistonlik hujumchi "Paxtakor" safida ko'rikdan o'tmoqda
Toshkentning "Paxtakor" klubi mavsumning ikkinchi qismidan oldin o'z safiga hujumchi qo'shib olmoqchi.
SHveycariyalik Eren Derdiyok jamoani tark etgan hujumda muammolar paydo bo'ldi. Qanotda o'ynaydigan SHerzod Temirov majburan markaziy hujumda o'ynamoqda. Zaxirada yosh Po'latxo'ja Xoldorxonov qolgan xolos.
Jamoa ayni paytda Igor Sergeevni qaytarish bo'yicha ish olib bormoqda.
Bundan tashqari "sherlar" tarkibida asli o'zbekistonlik hujumchi Vladislav Aleksin ko'rikdan o'tmoqda. Aleksin "Qizilqum", "Dinamo", "Norin" va "Navbahor" klublarida o'ynagan. Rossiyada "Avangard" va KAMAZ safida to'p tepgan. So'nggi yillarni hamyurtimiz Qrimda o'tkazdi. U "Kafa", "Inkomsport" va "Qrimteplica" kabi klublarda to'p tepdi. Agar hujumchining harakatlari maqul kelsa, Aleksin ikkinchi davrani "Paxtakor" safida boshlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar