"Paxtakor": Yoshlar va birinchi liga jamoasi nazorat bahsida g'alaba qozondi
13 jan 2014 11:52
Yangiliklar

"Paxtakor": Yoshlar va birinchi liga jamoasi nazorat bahsida g'alaba qozondi
Yoshlar va birinchi liga jamoasi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.
Yanvar oyining boshidan mashg'ulotlarga kirishgan har ikki jamoa safida akademiya tarbiyalanuvchilari shug'ullanishmoqda. Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi yoshlar jamoasi nazorat uchrashuvida "Bunyodkor-Geofizika"dan 3:0 hisobida ustun keldi. Ibrohimov, G'ofurov va Sidorov tomonidan kiritigan to'plar g'alabani taminladi. 15 yanvar, chorshanba kuni ushbu jamoamiz "Obod" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. "Paxtakor"ga qaytgan murabbiy Vladimir Andreev Mo'minjonovning yordamchisi sifatida faoliyat ko'rsatadi.
Dilshod Nuraliev boshqarishga kirishgan birinchi ligada ishtirok etadigan jamoa tarkibi ham akademiyaning eng yosh tarbiyalanuvchilari evaziga shakllantirilyapti. SHanba kuni bu jamoa Toshkent shahrining "Spartak" jamoasini 7:1 hisobida dog'da qoldirdi. Nuralievga Jasur Abduraimov yordam bermoqda.

Fikrlar