"Paxtakor" yoshlar terma jamoasi bilan o'ynaydi
25 dek 2014 15:42
Yangiliklar

"Paxtakor" yoshlar terma jamoasi bilan o'ynaydi
"Paxtakor"ning birinchi yig'ini 28 dekabr kuni O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi o'tkaziladigan uchrashuv bilan yakuniga etadi.
O'yin Qibraydagi baza maydonida 28 dekabr, yakshanba kuni bo'lib o'tishi mo'ljallanmoqda. Uchrashuv vaqti o'yindan bir kun avval malum bo'ladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi yoshlar termasi kelasi yil Yangi Zelandiyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Yoshlar termasi yig'iniga "Paxtakor"dan Botir Ergashev, Ibrohim Abdullaev, Javohir Sohibov, Javohir Sidiqov, Alisher Mirzaev va Nodir Yo'ldoshev jalb etilgan. Murabbiylar Olim SHokirov va Ilhom Mo'minjonov ham terma jamoa yig'inida ishtirok etadi.

Fikrlar