"Paxtakor" - "Yashnobod". Prevyu
03 avg 2019 11:51
Yangiliklar


"Paxtakor" - "Yashnobod". Prevyu
4 avgust kuni "SHerlar" O'zbekiston Kubogi nimchorak finalida "Yashnobod" bilan bellashadi.
Ayni paytda PRO-Liga "B" guruhida ishtirok etayotgan "Yashnobod" birinchi bor ushbu ligada to'p surmoqda. Aziz Fayziev boshchilik qilayotgan jamoa tarkibida asosan yosh o'yinchilar jam bo'lishgan. SHarqiy mintaqada "Yashnobod" 13 uchrashuvda 14 ochko to'pladi. Jamoa raqiblar darvozasiga 21 gol urib, o'z darvozasidan 34 to'p o'tkazib yuborgan. Avvalgi bosqichda ushbu jamoa Samarqandda "Dinamo"ni 3:2 hisobida mag'lub etib, nimchorak finalga yo'llanma olgan.
"Paxtakor" esa hozirgacha 11 marta O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritib, bu borada rekordchi klub sanaladi.
"Paxtakor" va "Yashnobod" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 4 avgust, yakshanba kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar