"Paxtakor" yarim himoyachisi "Sug'diyona"ga ijaraga berildi
29 jan 2021 14:51
Yangiliklar


"Paxtakor" yarim himoyachisi "Sug'diyona"ga ijaraga berildi
"Sug'diyona" jamoasi qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibini yana bir futbolchi hisobiga kuchaytirishga erishdi.
Jizzaxliklarning Toshkentdagi mashg'ulotiga "Paxtakor"ning iqtidorli futbolchisi Asadbek Sobirjonov ijara asosida kelib qo'shildi. Bunga qadar u "sherlar" bilan BAAdagi yig'inda ishtirok etayotgan edi. SHuningdek, "Zenit" bilan uchrashuvda bir bo'lim harakat qilgandi. Sobirjonov 2019 yilgi mavsumda "Buxoro"da to'p tepganini ham aytib o'tish joiz.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar