So’nggi yangiliklar

11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  4 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  12 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  9 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1

"Paxtakor" va sobiq SSSR afsonalari uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o'tkazildi Yangiliklar

"Paxtakor" va sobiq SSSR afsonalari uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o'tkazildi

"Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida "Paxtakor" va sobiq SSSR afsonalari jamoalari o'yinidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida  "Paxtakor" FK marketing xizmati rahbari Avaz Mutalov, mehmonlardan Vasilis Xadzipanagis, Vladimir Gucaev, Otar Gabeliya va Aleksandr CHivadze ishtirok etishdi.




Aleksadr CHikvadze: 60 yillar o'rtalarida Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi uchrashuv bo'lib o'tgan. Toshkent jamoasi sobiq SSSRning eng kuchlilaridan biri bo'lgan. O'sha paytda poytaxtingizda ko'p qola olmaganmiz. 79 yildagi aviafalokat haqida gapirish qiyin. Fojeaning 35 yilligida ham Toshentga kelgandik, bugun yana O'zbekistondamiz.


Vasilis Xadzipanagis: Bu erga aviahalokatda olamdan o'tgan futbolchilarni xotirlash uchun keldik. "Paxtakor-79" futbolchilari bilan so'nggi marta 79 yilda ko'rishganman. Aprel oyidagi o'yinda.

- 79 yilda fojea sodir bo'ldi, keyin yangi "Paxtakor" tuzildi. 27 avgust kuni "Paxtakor"va "Dinamo" Tbilisi o'rtasida bahs o'tkazildi. O'zingizni qanday his qilgansiz?

Aleksandr CHivadze: Katta fojeadan so'ng Toshkentda o'yin o'tkazdik. O'yindan oldin mozorga bordik, stadion muxlislar bilan to'lib toshgan edi. Biz ishqibozlarni his qila oldik. Birinchi bo'limda hisobda oldinda edik (1:0), uchrashuv 2:1 hisobida "Paxtakor"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Bunday og'ir damda muxlislarni yana xafa qila olmas edik.


Otar Gabeliya: "Bu nafaqat O'zbekiston balki butun SSSR uchun katta fojea edi. Yigitlarni juda yaxshi tanir edik. Ular maydonda sportchi, hayotda esa haqiqiy inson edilar. Ayni damda bizning tarbiyalanuvchilar "Paxtakor"ni boshqarishmoqda. Yigitlar chempion bo'lishiga tilakdoshmiz.

- Gruzin futboli haqida nimalar deya olasiz?

Vladimir Gucaev: SHota Arveladze va Kaxa Kaladze sobiq ittifoq paytida futbol sirlarini o'rganishgan. O'sha vaqtlarda Tbilisining "Dinamo"si kuchli jamoa bo'lgan, shu sababli o'sha paytlar gruziyalik kuchli futbolchi va murabbiylar ko'p edi. 

O'sha davrlarda barcha sharoit bo'lgan. Yig'inlar, mashg'ulotlar kerakli darajada o'tkazilgan. Bugungi kunda esa hammasi pulga borib taqaladi. Mablag' bo'lsa sharoit ham shunga yarasha bo'ladi.

79 yildagi fojiadan so'ng yangi "Paztakor"ni Oleg Bazilevich boshqardi. O'sha murabbiyning ishidan so'ng jamoa 1ta durang va 4ta g'alabaga erishdi.

Otar Gabeliya: Bazilevich o'sha davrning eng kuchli murabbiylardan biri edi. Bu mutaxassis qisqa vaqt ichida kuchli jamoa tuzdi. Yoshlar bilan yaxshi ishladi va tezda muvaffaqiyatga erishdi.

- Gruziya futboli haqida gapirsangiz? Mamlakatingizda futbol o'syaptimi?

Vladimir Gucaev: Gruziya ham O'zbekistonga o'xshagan yosh mamlakat. Bizda hozircha katta mablag' yo'q. Tez orada iqtidorli futbolchilar o'zini ko'rsatishni boshlashadi. Gruziya futboli avvalgi darajasiga qaytadi deb umid qilaman.


Pachkoriya Tengiz Bochievich (gruziyaik jurnalist): "Sizga Gruziyadan salomlar. Hozir 60 yillar haqida gapirildi. O'shanda minglab gruziyaliklar "Dinamo"ga muxlislik qilish uchun mashina, motocikl va samolyotlarda Toshkentga kelishgan. Stadion muxlislar bilan to'lardi.

5 yid oldin ham Toshkentga kelib "Paxtakor-79" xotirasini yodga olganmiz. Bugun ham Gruziya nomidan barchaga hamdardlik bildiramiz".

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика